18:15 / 01.02.2017
4775

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan ikkita loyiha bo‘yicha kelishuv imzolandi

Joriy yilning 1 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi o‘rtasida ikkita loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda. 

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda suv, ta'lim va hamkorlik” loyihasining maqsadi kadrlarni tayyorlash tizimini yaxshilash va suv xo‘jaligi xodimlarining malakasini oshirish hamda ular o‘rtasida ishchan aloqalar o‘rnatish, suv resurslarini boshqarishda havzaviy yondashuv imkoniyatini namoyish qilish hamda mintaqaviy akademik hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda suv hamkorligi” loyihasidan ko‘zlangan asosiy maqsad, mintaqaviy suv hamkorligini kengaytirish, eng yaxshi mintaqaviy va xalqaro amaliyotni o‘rganish va namoyish etish, Markaziy Osiyoda ekologiya va barqaror rivojlanish masalalarida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, suv resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha innovatsion usul va amaliyotni ilgari surishdir.

Kelishuv Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Shavkat Xamrayev va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ijrochi direktori Iskandar Abdullayev tomonidan imzolandi.

Top