19:26 / 01.02.2017
20862

Moskva viloyatidagi dahshatli YTHda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Yangi Moskvada 1 fevral kuni yuz bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar berdi.

UAZ va Toyota Korotigino qishlog‘i yaqinidagi yo‘ldagi burilish joyida to‘qnashib ketgan. UAZ yonib ketdi, biroq olov tezda o‘chirilgan. ReN TV telekanali ma'lumotiga ko‘ra, Toyota’da Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.

«Yengil mashinada besh kishi halok bo‘ldi va uch nafar inson jarohat olgan bo‘lsa, yonib ketgan UAZ’da to‘rt kishi bevaqt hayotdan ko‘z yumdi. Jarohatlanganlarni mashinalardan chiqarib olish uchun maxsus asbobdan foydalanildi», - deya aytib o‘tgan suhbatdosh. Jarohat olganlar vertolyotda kasalxonaga olib ketildi.

Hodisa joyida tez tibbiy yordam bir necha brigadalari ishlamoqda, transport harakati vaqtincha cheklangan.

ReN TV halokat yuz bergan joydan olingan videoni taqdim etdi

Top