14:25 / 01.02.2017
8310

Video: Norozi bo‘lgan sakkizoyoq tasvirchini qo‘rqitishga harakat qildi

Pink Tank Scuba kanali Avstraliyaning Melburn shahri qirg‘oqlarida dengiz tubini tasvirga olganini ma'lum qildi. U noodatiy rolikni taqdim etgan. Unda ertalabki ov vaqtida bezovta qilishganidan norozi bo‘lgan sakkizoyoqni ko‘rish mumkin. Bu haqda Gizmodo xabar berdi.

Sakkizoyoq kamera va tasvirchini ko‘rib o‘z hajmini darhol kattalashtirib yuborgan. «Shundan so‘ng u to‘g‘ri men tomonga qarab yo‘l oldi hamda meni xuddi bouling to‘pi kabi yo‘ldan irg‘itib tashlashga harakat qildi», - deya ma'lum qildi dayver.

Mavzuga oid
Top