22:10 / 02.02.2017
5776

AQSh va uning ittifoqchilari zarbalaridan Suriya va Iroqda 199 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan

Foto: © AFP

AQSh va uning ittifoqchilarining Suriya va Iroqdagi aksilterrorchilik operatsiyalari davomida kamida 199 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan, deb ma'lum qilindi xalqaro koalitsiya shtabida. 

Operatsiya shtabi vakillari Mo‘sul va Raqqadagi oxirgi zarbalar tahlili natijalariga ko‘ra 2016 yil oktabri va dekabridagi holatda 11 tinch fuqaro halok bo‘lganini aytishgan. 

Harbiylar Iroq va Suriyada 2016 yil sentabridan dekabrigacha berilgan yana 10 ta zarba oqibatlarini baholashni davom ettirmoqdalar. 

AQSh va uning ittifoqdoshlari Suriya va Iroqda 2014 yildan beri IShIDga qarshi "Matonatli qat'iyat" operatsiyasini o‘tkazmoqdalar.

Top