12:37 / 02.02.2017
4596

«B» proba ham Povetkin doping qabul qilganini ko‘rsatdi

Superog‘ir vazndagi rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinning ostaringa topshirgan «B» doping namunasi ijobiy natija berdi. Bu haqda Forward Legal kompaniyasi vakili, sportchining manfaatlarini himoya qiluvchi Aleksey Karpenko ma'lum qilgan.

«Proba «B» natijasi ma'lum. Uning qonida ostarin bo‘lgan», — deya Karpenkoning so‘zlarini keltirgan TASS.

Doping test Los-Anjyelesdagi labarotoriyada o‘tkazilgan.

17 dekabr kuni Povetkinning kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi jangi oldidan topshirgan doping namunasida taqiqlangan modda aniqlangani haqida ma'lum qilingandi. Test natijasiga ko‘ra, rossiyalik bokschining namunasida SARM guruhiga kiruvchi Ostarin moddasi aniqlangandi.

Ushbu modda sportchilar tomonidan mashg‘ulotlarda qabul qilinadi. Natijada, Bermeyn Stivern o‘rniga ringga fransiyalik Yoann Dyuopa ko‘tarildi. Povetkin uni 6-raundda nokautga uchratdi.

Mazkur holatdan so‘ng Povetkin jamoasi «B» probaning ochilishini talab qildi. Unga ko‘ra, rossiyalik bokschining namunasida Ostarin moddasi 1 millilitrga 10 pikogrammni tashkil qildi. Bunday miqdordagi modda sport ozuqasi yoki umumiy ovqat orqali organizmga kirishi mumkin va diskvalifikatsiya uchun yetarli hisoblanmaydi.

Mavzuga oid
Top