19:09 / 02.02.2017
6706

Euro NCAP krash testlari 80 mingga yaqin kishining umrini saqlab qoldi

Foto:motor.ru

Avtomobillar xavfsizligi bo‘yicha sinovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi Euro NCAP tashkiloti 21 yillik faoliyatini tahlil qildi. Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, yigirma yillardan beri o‘tkazib kelinayotgan krash-testlar 78 mingdan ortiq inson umrini saqlab qolishga imkon bergan. Bu haqda EuroNCAP rasmiy saytida xabar qilingan.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga binoan, 1997 yildan buyon 1800 avtomobil xavfsizligi tekshirilgan hamda 630ta reyting tuzilgan. Bularning bariga yaroqsiz holga kelgan avtomobillarni hisoblamaganda 160 million yevro sarflangan. 

Euro NCAP o‘zining ilk sinovlarini 1997 yilda o‘tkazgan. Unda Ford Fiesta, Volkswagen Polo, Fiat Punto, Nissan Micra, Vauxhall Corsa, Renault Clio va Rover 100 kabi avtomobillar tekshirilgan. 

Tashkilotning eng yuqori xavfsizlik bahosiga birinchi bo‘lib Volvo S40 sedani erishgan. 

Shu bilan birga, Euro NCAP o‘tkazgan eng oxirgi sinovlar Volvo S90 sedani va V90 universali hamda Ford Mustang kupesi bilan o‘tkazilgan. Shvetsiya avtomobillari xavfsizlik borasida eng yuqori ballga ega bo‘lgan, Amerika mashinasining bu boradagi imkoniyatlari ikki ballga baholangan.  

Mavzuga oid
Top