08:03 / 02.02.2017
5073

Facebook tarmog‘i yillik hisobotini e'lon qildi

AQShning Facebook kompaniyasi o‘tgan chorak va 2016 yil bo‘yicha moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Kompaniya hisoboti bunga dalolat qiladi

Shunday qilib, unga ko‘ra, Facebook tarmog‘ining 2016 yil so‘nggi choragidagi daromadi 8,81 mlrd dollarni tashkil etgan, bu 2015 yilning ayni choragi bilan taqqoslaganda 51 foizga ko‘p demakdir. Bunda kompaniya sof foydasi 3,57 mlrd dollarni tashkil etgan, bu esa 2015 yil so‘nggi choragi ko‘rsatkichidan 128 foizga ko‘p ekanini bildiradi. 

2016 yil yakunlari bo‘yicha, kompaniya jami daromadi 27,64 mlrd dollardan iborat bo‘lgan, shundan 10,22 mlrd dollari sof foyda ekani ta'kidlangan. Shunday qilib,  Facebook kompaniyasining bu ko‘rsatkichi 2015 yilga qaraganda 177 foizga o‘sgan.

Bundan tashqari, dekabr oyida ijtimoiy tarmoqqa har kuni kirgan foydalanuvchilarning o‘rtacha soni 1,23 mlrd kishini tashkil etgan. Bu borada 2015 yilga nisbatan 18 foizlik o‘sish qayd etilgan. 

Mavzuga oid
Top