21:31 / 02.02.2017
10859

Farg‘onaliklarga o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi masalasida murojaat yo‘llashning yangi imkoniyati taqdim etildi

O‘rta maxsus ta'limi masalasida yetarlicha ma'lumotga ega emasmisiz? Yoki ushbu yo‘nalishda muammolar, ariza, shikoyat va takliflaringiz bormi? Unda siz uchun ajoyib yangilik bor.

Farg‘ona viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda boshqarmaning matbuot xizmati xabar berdi.

Virtual qabulxona orqali o‘z murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Farg‘ona viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi http://murojaat.urtamaxsus.fargona.uz/uz/ sayti manzili orqali yuborishingiz mumkin.

Bundan tashqari, (0373) 244 31 28 telefon raqamlariga bog‘lanib ham shikoyat, ariza yoki takliflaringizni aytish imkoni taqdim etiladi.

Top