18:04 / 02.02.2017
13415

Gifstory: Kitsimon vahshiy delfin o‘z o‘ljasini qanday ovlaydi

Delfinlar oilasining kitsimon vahshiy turi ishtirokidagi GIF surat Reddit.com ijtimoiy tarmog‘ida tobora ommalashib bormoqda. Foydalanuvchilar ushbu sut emizuvchi hayvon o‘z o‘ljasini ovlash uchun bunchalik ayyor bo‘lishidan lol qolishgan. Unga ko‘ra, dastlab, vahshiy hayvon qushlarni o‘lik baliq bilan mehmon qilmoqchidek taassurot uyg‘otadi. Biroq, parrandalarning eng ochko‘zi yemakni olishi bilan o‘zi ham o‘ljaga aylanadi. Kitsimon delfin qurbonini suv ostiga olib ketadi. 

Reddit.com foydalanuvchilari, shuningdek, shunga o‘xshash boshqa bir hodisani misol keltirishgan. 

Mana bu videoda shu turdagi delfin tyulenni o‘zi hosil qilayotgan to‘lqinlar yordamida muz parchasi ustidan tushirishga urinmoqda. 

Ammo, faqatgina ovchilik borasida faqatgina kitsimon delfinlar aqlli deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Quyidagi videolavhada qushning yemak vositasida baliq ovlayotganini ko‘rish mumkin.

Bunisida esa, vahshiy delfin tutib olgan tyulenini havoga irg‘itmoqda. 

Mavzuga oid
Top