12:38 / 02.02.2017
6155

Xitoy shahrida bir necha oyda ikkinchi marta turarjoy binolari qulab tushdi

Xitoyda 3ta ko‘pqavatli turarjoy binolari qulab tushdi, ularda odamlar ham bor edi, deb xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi.

Hodisa, 2 fevral kuni mamlakat sharqidagi Chjyetszyan viloyati Venchjou shahrida sodir bo‘lgan. Hozircha, noma'lum sabablarga ko‘ra, 3ta beshqavatli turarjoy binosi qulagan. 

Vayronalar ostida insonlar borligi, ammo ularning soni noma'lumligi aytilmoqda. Qutqaruv ishlari boshlab yuborilgan. 

2016 yil oktabr oyida ushbu shaharda 4ta turarjoy binosi qulashi 22 kishining umriga zomin bo‘lgan edi. Uylar noqonuniy ravishda qurilgani ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid
Top