12:17 / 02.02.2017
5864

«Manchester Yunayted» Grizmann bilan kelishib oldi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Shu tufayli u «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanni jamoasiga olib kelish uchun jiddiy qiziqish bildirmoqda.

The Guardian ma'lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» ushbu 25 yoshli futbolchining transferi uchun 100 million yevro sarflashga tayyor. Futbolchining o‘zi ham faoliyatini Angliyada davom ettirishga tayyorligi va u shaxsiy shartnoma bandlari xususida kelishib olgani aytilgan.

Unga ko‘ra, Grizmanning «Manchester Yunayted»dagi yillik maoshi miqdori 18 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchining «Atletiko» bilan 2021 yilgacha amalda bo‘ladigan shartnomasi mavjud. 

Joriy mavsumda ushbu fransuz futbolchisi Ispaniya chempionatining 19 uchrashuvida maydonga tushdi va 8 gol urib, 4 golga uzatma berdi. 

Grizmann 2016 yilgi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi. U Fransiya bilan turnir finaliga qadar borgan, 6 gol urgandi. 

Top