18:14 / 02.02.2017
6316

Merkel Erdo‘g‘an bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Turkiyaga yetib keldi

Germaniya kansleri Angela Merkel Anqaraga rasmiy tashrif bilan keldi.

Anadolu xabariga ko‘ra, Merkel xonimning tashrifi davomida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hamda mamlakat bosh vazirri Binoli Yildirim bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, uchrashuvlarda qochqinlar masalasi muhokama qilinadi.

Germaniya kansler Turkiya parlamentiga tashrif buyurishni ham rejalashtirgan.

Bundan tashqari, Yildirimning ma'lum qilishicha Merkel xonim bilan Turkiyaga qarshi kuchlar faoliyati muhokama etiladi.

Top