19:41 / 02.02.2017
17215

OAV Obamaning qizi Hollivudda qancha pul ishlab topishini hisoblab chiqdi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning qizi Hollivudda soatiga 9 dollardan ishlaydi. TMZ nashrining yozishicha, Maliya Obama Weinstein Company kompaniyasida stajyor sifatida ish boshlagan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, yangi xodimning vazifasi – rahbariyat uchun ssenariylar tanlab berish hisoblanadi.

Weinstein ko‘plab mashhur va mashhur bo‘lmagan ssenaristlardan ko‘plab ssenariylar oladi. Bu kinokompaniya «Qirol aytadi», «Artist», «Oshiq Shekspir» va «Dono Uill Hanting» kabi filmlarni ishlagan.

Bundan oldinroq, Maliya Obama maktabni tamomlaganidan keyin ta'til olgani, Harvardda o‘qishni 2017 yilning kuzida boshlashi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Maliya Obama Boliviya va Peruga sirli sayohat uyushtirgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top