18:40 / 02.02.2017
7084

Pokemon Go mobil o‘yini birinchi milliard dollarini ishlab topdi

Pokemon Go o‘yini daromadlari 2016 yilning iyulidagi relizidan yetti oy o‘tib 1 milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.

Shu tariqa, Pokemon Go milliard ishlab topish tezligi bo‘yicha Candy Crush Saga va Puzzles & Dragons kabi boshqa mobil o‘yinlar orasida rekordchiga aylandi. Ta'kidlanishicha, bunday natija Pokemon Go Xitoyda rasman chiqarilmaganiga qaramay yuz bergan.

Avvalroq pokemonlar haqidagi yangi mobil o‘yin Android va iOS’da ham taqdim etilgandi.

Mavzuga oid
Top