15:53 / 02.02.2017
3818

San-Frantsiskoda faqatgina robotlar ishlovchi kafe ochildi

Robotlarga mijozlarga xizmat ko‘rsatishi uchun ma'lum bir harakatlarga o‘rgatish lozim, shunda ular qo‘yilgan vazifalarni ofitsiant, ma'mur yoki kassir bo‘lib ishlovchi insonlar kabi bajara oladi. Buni San-Frantsiskoda ochilgan va butunlay robotlashtirilgan qahvaxona amalga oshirdi. Bu kafeda insonlar deyarli ishlamaydi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha vazifalar esa ma'lum bir harakatlarga mo‘ljallab dasturlashtirilgan avtomatlar tomonidan bajariladi. Ular qahva tayyorlaydi, buyurtmalarni qabul qiladi va mijozlarga xizmat ko‘rsatishadi, deb xabar berdi businessinsider.com nashri.

Har bir robot o‘ziga mo‘ljallangan ma'lum bir harakatlarga o‘rgatilgan. Masalan, robot-ofitsiant idish-tovoq va stol anjomlarini qo‘yishi yoki mijozlarga qahva keltirishi mumkin.

Robotlashtirilgan bar xodimi esa sun'iy ongsiz ham o‘z vazifasini yaxshi bajaradi. U bir soatda taxminan yuzta qahva chashkasini tayyorlab beradi.

Ko‘pchilikning fikricha, kafeda aslida xodimlar ham kerak emas, sababi ularning vazifalari oddiy robot tomonidan ham bajarilishi mumkin. Biroq ko‘pchilik zamonaviy texnologiyalarning bunday qulayligidan foydalanishdan bosh tortmoqda. Bunga bir qancha sabablar bor. Ulardan eng asosiysi - robotlar qimmat bo‘lib, ta'mirlash, xizmat ko‘rsatish yoki almashtirish uchun ancha mablag‘ ketadi. Shuning uchun ko‘plab restoran egalari bu borada “eski an'anani” saqlab turishibdi – ular uchun moliyaviy jihatdan tirik insonlar ancha foydali.

Top