10:32 / 02.02.2017
7529

Senatorlar va deputatlar Quyichirchiq tumanida uyma-uy yurib, aholi ehtiyojlarini o‘rgandi

Toshkent viloyatidan saylangan deputatlar va Senat a'zolari Quyichirchiq tumanidagi korxona, tashkilot, muassasa hamda xonadonlarga borib, odamlar fikri va ehtiyojlari bilan qiziqdi. Shundan so‘ng ta'lim muassasalari faoliyati bilan yaqinroq tanishdilar.

Ta'kidlanganidek, tumanda 2-6 yoshdagi bolalar soni 8 ming 400 nafar bo‘lib, ularning 19,8 foizi maktabgacha ta'lim muassasalari bilan qamrab olingan. Ayniqsa, “Yangi hayot”, “Toshovul”, “Istiqlol”, “Gul” qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarida bog‘chaga bo‘lgan talab katta. Maktabgacha ta'lim muassasasi qurib berish bo‘yicha eng ko‘p talab aynan mazkur hudud aholisidan tushayotganini inobatga olib, bu bo‘yicha zarur choralar ko‘rish lozimligi tavsiya qilindi.    

Shuningdek, tumandagi 10-sonli “Nihol” maktabgacha ta'lim muassasasida yosh avlod vakillariga yaratilgan keng imkoniyatlar, ularni amaliy mashg‘ulotlar bilan qamrab olinganlik darajasi, guruhlardagi bolalar soni normaga muvofiqligi, bolalarning ovqatlanish ratsioni, muassasadagi sanitariya holati bilan bog‘liq masalalar ham alohida tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklar va ularni joyida bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Masalan, o‘yin maydonchalari, ayvonchalar yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Tuman hokimi ishtirokida ushbu masalani hal etish choralari belgilandi.

Top