12:15 / 02.02.2017
4536

TIVda AQSh elchisi bilan amerikalik ishbilarmonlar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari muhokama etildi

2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

Suhbat davomida Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi yakunlari muhokama qilindi.

TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomon munosabatlarining boshqa dolzarb masalalari, jumladan turli darajalardagi bo‘lajak uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.

Top