22:27 / 02.02.2017
5566

Tramp ikkinchi muddat uchun kurashish niyati borligiga sha'ma qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddatga ham prezidentlik saylovida kurash olib borishi mumkinligiga sha'ma qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Siz bilan bu yerda yana yetti marta birga bo‘lishga umid qilaman», — degan u Vashingtonda har yili o‘tkaziladigan ibodat nonushtasida.

Tramp avvalroq o‘zining 2020 yildagi prezidentlik kampaniyasining yangi shiorini taqdim etgan edi. 

Top