22:23 / 02.02.2017
6327

Viber'da o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketuvchi xabarlar paydo bo‘ldi

Viber messenjerida g‘aroyib funksiya paydo bo‘ldi. Endilikda ilova orqali avtomatik ravishda yo‘qolib ketadigan xabarlarni yo‘llash mumkin. Bu haqida Hi-Tech nashrida ma'lum qilindi. 

Viber'dan xabar yo‘llashda muayyan vaqt belgilash imkoni yaratildi. Ushbu muddat tuguganidan so‘ng messenjer xabarni avtomatik ravishda o‘chiradi. Funktsiya dolzarb - muloqot xavfsizligi oshadi, joriy hodisalar haqida so‘zlash qulayroq. 

Bundan tashqari, Viber'ga videoxabar yo‘llash imkoni qo‘shildi. Rolikning maksimal vaqti - 30 soniya. S'yomka jarayonini boshlash uchun yozuv tugmasini bosish, tugallashda esa uni qo‘yib yuborish lozim. 

Android-versiyaga ham chatlarni tozalash funksiyasi qo‘shildi. Bunda chatdagi barcha xabarlar o‘chiriladi, chatning o‘ziga kirish imkoni esa qoladi. 

iOS'dagi  Viber'da audio va videoni siqmasdan yo‘llash imkoni paydo bo‘ldi. 

Yangi funksiyalardan foydalanish uchun Viber mobil ilovasini so‘nggi versiyagacha yangilash zarur (agar sizda yangi versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lsa). 

Android va iOS'dagi  Viber ilovasini  Google Play hamda App Store'dan bepul yuklab olish mumkin. 

Top