09:12 / 03.02.2017
6472

AQSh kongressi ruhiy kasalligi bo‘lgan kishilarga qurol sotishga ruxsat berdi

Foto: Flickr

AQSh kongressi vakillar palatasi ruhiy kasalliklar bilan og‘rigan kishilarga qurol sotib olish huquqini bermaydigan qonunchilikdagi tuzatishlarni bekor qilishni ma'qulladi.

Bu qoida avvalgi prezident Barak Obama paytida amalga tatbiq etilgan. U shizofreniya va qo‘rqish hissi kasalligi bilan og‘rigan kishilarga qurol sotishni cheklardi.

Kongressmenlarning fikricha, taqiq AQSh konstitutsiyasining fuqarolarni qurol saqlash va olib yurish huquqini kafolatlovchi ikkinchi tuzatishiga ziddir.

Mavzuga oid
Top