16:12 / 03.02.2017
10398

Chimyon hududida qor ko‘chishi xavfi e'lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ob-havo sharoitining yomonlashishi va qor ko‘chishi xavfi borligidan ogohlantirdi. 

4 fevralgacha Qamchiq dovonida A-373 avtomobil yo‘lida qor yog‘adi, havo harorati -15-18 darajagacha tushib ketadi. 50 - 100 metr uzoqlikda ko‘rinish darajasining yomonlashishi, shamol tezligining soniyasiga 18-23 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. 

3 fevral mahalliy vaqt bilan soat 08.00dan 4 fevral soat 08.00gacha Chimyon tabiiy hudud chegarasida qor ko‘chish xavfi bor.

Mavzuga oid
Top