16:30 / 03.02.2017
3760

FIFA kelishilgan uchrashuvlarga qarshi kurash dasturini kuchaytirdi

FIFA Sportradar sport agentligi bilan hamkorlik qiladi. Bu agentlik uchrashuvlar sport tamoyillari asosida o‘tkazilishini nazorat qiladigan dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Sportradar faoliyati sportning 13 turiga taalluqli bo‘lib, uning xodimlari bukmekerlik idoralarini kuzatib boradi.

FIFA rasmiy saytida keltirilishicha, tomonlar tegishli kelishuvni imzolashgan. FIFA prezidenti Janni Infantinoning so‘zlariga ko‘ra, shu orqali tashkilot futboldagi qing‘irliklar va kelishilgan uchrashuvlarni aniqlashi mumkin bo‘ladi.

«FIFA Sportradar bilan hamkorlik qiladi. Bundan maqsad o‘z dasturimizni mustahkamlash va kuchaytirishdir. Bu FIFA uchun birinchi darajali masala. Kelishilgan uchrashuvlar futbolni sevuvchi barchaning muammosidir», degan Infantino.

Top