13:56 / 03.02.2017
9364

Xitoy Bahor bayrami kunlari 60 milliard dollar ishlab oldi

Foto: AFP

Xitoy turistik sanoati daromadi Bahor bayrami (Xitoy taqvimiga ko‘ra Yangi yil – tah.) kunlarida 61 milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu haqda Xitoyning turizm bo‘yicha milliy boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, joriy yilda bayramni nishonlashdan tushgan daromad 2015 yil bilan taqqoslaganda 15,9 foizga oshdi.

Bundan tashqari, Xitoyga Yangi yil kunlari 344 million turist tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 13,8 foizga ko‘proq.

Shu bilan bir qatorda, mahalliy aholi vakillari xorijga 2015 yilga qaraganda 7 foizga ko‘proq safar uyushtirishdi.

Top