15:59 / 03.02.2017
11254

Lukashenko belaruslarga uni prezidentlik lavozimida Maydonsiz almashtirishni taklif qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika fuqarolariga uni davlat rahbari lavozimida almashtirishni taklif qildi. U bunday bayonot bilan juma, 3 fevral kuni OAV vakillari bilan uchrashuvda chiqqan. Tadbir “Katta suhbat” shaklida o‘tdi.

“Agarda sizga men o‘z vazifamni yaxshi bajara olmayotgandek tuyulayotgan bo‘lsa, meni keyingi saylovlardayoq almashtiring. Almashtiring, faqatgina Yanukovich bilan bo‘lganidek Maydonda emas, balki saylovlarda. Maydon – bu ukrain xalqi belgisiga aylanib qoldi. Hukumatni ag‘darishdi, xo‘sh nima o‘zgardi?”, - dedi Lukashenko.

2016 yil dekabr oyi so‘ngida beloruslik muxolifatchi, “Yevropacha Belarus” fuqarolik kampaniya koordinatori Dmitriy Bondarenko Lukashenko Sankt-Peterburgdagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga Minskda davlat to‘ntarishi xavfi bo‘lgani uchun bormaganini aytib o‘tgandi.

Lukashenko prezidentlik lavozimiga 2015 yilning oktabrida qayta saylandi. Mamlakatda 2010 yilgi saylovlarda esa ommaviy norozilik namoyishlari kuzatilgandi.

Mavzuga oid
Top