12:18 / 03.02.2017
6450

Mourino Grizmanning transferi masalasida rahbariyat bilan hamfikr emas

«Manchester Yunayted» klubida «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanni xarid qilish borasida yakdillik mavjud emas.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining transferi g‘oyasi klub rahbariyatiga ma'qul kelmoqda. Biroq, bosh murabbiy Joze Mourino ushbu transferning maqsadga muvofiq ekaniga shubha bildirmoqda.

Grizmanning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 100 mln yevroga teng.

Bundan oldinroq manchesterliklar jamoasi Grizmann bilan shaxsiy shartnoma masalasida kelishuvga erishgani, unga yiliga 17,7 million yevro miqdorida maosh tayinlanishi (jamoada Pogba ham aynan shuncha maosh oladi) haqida xabar berilgandi.

Keyinroq «MYu» Grizmann va «Benfika» himoyachisi Viktor Lindelef uchun 150 million yevro sarflashga tayyorligi haqida xabar paydo bo‘ldi. 

Grizmanning madridliklar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2021 yilga qadar, uning shartnomasida badal puli 100 million yevro. Ushbu fransiyalik futbolchi Ispaniya jamoasi bilan joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 29 uchrashuv o‘tkazdi va 15 gol urib, 6 golga hammualliflik qildi.

«Men o‘zimga kim kerakligini bilaman». Mourinoning yoz uchun rejalari

Top