15:42 / 03.02.2017
24721

Toshkentda MAZ yo‘lovchi avtobuslari taqdimoti o‘tkazildi

2017 yilning 25 yanvar kuni O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida “MAZ” OAJning tijorat direktori A.V.Zaxarchenko hamda “MAZ-TASHKENT” MChJ XK direktori V.V Jigunov, “IBA Group” kompaniyasining MDH davlatlariga sotish bo‘yicha direktori G.Molchanov va MDH davlatlari bo‘yicha marketing bo‘limi boshlig‘i S.Molchanov bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, “MAZ” OAJ vakillari “Mersedes-Bents” butlash bazasi asosida ishlab chiqarilayotgan MAZ yo‘lovchilar avtobuslarining qisqacha taqdimotini namoyish etdilar. 

Ularning ta'kidlashlaricha, MAZ zavodi tomonidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda turli mintaqalarga yetkazib berishni amalga oshirish uchun maxsus butlangan avtobuslarning ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, sovuq shimol sharoitida foydalanish uchun (“shimol sharoitiga moslab” butlash), janubiy issiq iqlimli mintaqalarga (yo‘lovchilar va haydovchi uchun qulay haroratdagi yuqori darajada maxsus butlangan) va mo‘'tadil iqlimli mintaqalarga (standart butlangan) avtobuslar.

Ular tomonidan MAZ zavodi Rossiya Federatsiyasining turli mintaqalariga avtobuslarni asosiy yetkazib beruvchilardan biri ekanligi ta'kidlandi. Issiq iqlim va murakkab tog‘li yo‘llar sharoitini inobatga olgan holda eng murakkab butlangan avtobuslar Sochi shahri uchun ishlab chiqarildi. 

Ushbu munosabat bilan, MAZ vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi PQ 2724-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish tizimini yanada takomillashtirish Dasturini amalga oshirish doirasida shahar va shaharlararo yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchilar avtobuslari parkini yangilash borasida yaqindan hamkorlik qilishni taklif etdilar. Belarus tomoni O‘zbekistonga dizel yonilg‘isida, kelgusida esa gaz yonilg‘isida ishlovchi (qo‘shimcha talablarni inobatga olgan holda) har qanday yo‘lovchilar texnikasini yetkazib berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuv davomida Belarus tomoni “IBA Group” kompaniyasi faoliyati haqida qisqacha taqdimotni namoyish etdi, shuningdek, kompaniya axborot texnoligiyalarini eng yirik integratorlovchi (integrallarni avtomatik ravishda hisoblovchi), ishlab chiquvchi, ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan biri ekanligini ta'kidladi. 

Vakillarning ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur kompaniya shahar yo‘lovchilar transportida yurishni va yo‘l kira haqi to‘lovini nazorat qilishga mo‘ljallangan yo‘l haqini to‘lash va yurishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, kontaktsiz texnologiyalar va bir martalik yo‘l kartochkalarini sotish asosida elektron yurish hujjatlarini sotish va to‘ldirish, shuningdek, jamoat transporti faoliyati haqida ma'lumotlarni yig‘ish va statistik tahlil qilish borasida katta tajribaga ega.

Aynan shunday tizim “IBA Group” kompaniyasi tomonidan Minsk shahrida (Belarus Respublikasi) joriy etilgan va sinovdan o‘tgan, natijada yo‘lovchilar oqimi birmuncha ko‘paygan. 

Tizimni joriy etishdan asosiy maqsad – Minsk shahri va aholisi uchun ijobiy ijtimoiy muhitni ta'minlash, zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lovchilar uchun iqtisodiy jihatdan jozibador va qulay bo‘lgan yo‘l kira haqini to‘lash tizimini yaratish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, yo‘lovchi transportiga yangi yo‘lovchilarni va ijtimoiy guruhlarni jalb qilish, qo‘shimcha xizmatlarni kiritish imkoniyati va transportning boshqa turlari bilan integratsiyalash, naqd pulsiz vositalar yordamidagi to‘lovlarni kengaytirish, yo‘lovchilar oqimi va yo‘l kira haqi darajasini oshirish tahlillari asosida yo‘nalish tarmoqlarini optimallashtirishdir.

Belarus tomoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi PQ 2724-sonli qarorini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining boshqa shaharlarida mazkur tizimni joriy etish borasida yaqindan hamkorlik qilishni taklif etdilar.

Top