11:09 / 03.02.2017
19217

Toshkentdagi “Novza” metro bekati yonida piyodalar o‘tish ko‘prigini qurish boshlandi

Toshkent shahrining Bunyodkor shoh ko‘chasi va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida (“Novza” metro bekati yonidagi chorraha) o‘tgan yilning sentabr oyidan beri yangi transport o‘tkazmasini qurish ishlari davom etmoqda.

Shu kunlarda bu yo‘l loyihasi mutaxassislari “Novza” metrobekatidagi bo‘lajak transport o‘tkazmasi uchun piyodalar o‘tish ko‘prigini qurishni boshlashdi.

Yangi olti qatorli yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 600 metr bo‘ladi. Qurilish qachon tugallanishi hozircha aniq emas.

Mavzuga oid
Top