14:20 / 03.02.2017
5104

Turkiya koalitsiyasi IShIDning 47 nafar jangarisini yo‘q qildi

Foto: Reuters

Turkiya boshchiligidagi koalitsiya IShID terrorchilik guruhining Suriyadagi al-Bob shahri yaqinida joylashib olgan jangarilarga aviazarbalar berdi. Buning oqibatida 47 jangari yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Reuters turk harbiylariga asosan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot taxminan 24 soat davom etdi. Havodan zarba vaqtida terrorchilarning bir necha lagerlari, o‘q-dori omborlari va qator xo‘jalik inshootlari yo‘q qilingan.

Avvalroq Rossiya HKK va Turkiya harbiy havo kuchlari Suriyaning Halab viloyatida IShIDga qarshi hamkorlikdagi havo amaliyotinini o‘tkazishgani xabar qilingandi. Uning natijasida uch boshqaruv punkti va aloqa markazi, shuningdek jangarilarining bir necha tayanch nuqtalari yo‘q qilindi.

Mavzuga oid
Top