12:17 / 03.02.2017
14987

Umidlarni puchga chiqargan Avstraliya

Imgur tarmog‘ining Boedith taxallusi ostidagi foydalanuvchisi Avstraliyaga borib, ommabop turistik joylar haqida ko‘plab fotosuratlarni oldi. Uning sayohati norozi yuz qiyofasi bilan tushgan kadrlari sabab e'tibor qozondi. Boedith tasvirlarga Yashil qit'adan xafsalasi pir bo‘lgani haqidagi izohlarni ham qoldirdi.

Imgur foydalanuvchilari fotosuratlar muallifini u Avstraliyada halokatga uchramagani bilan tabriklab, kadrlar haqiqiy ekaniga shubha qilishdi. 

Kadrlarni bir sutka davomida 600 ming marotaba ko‘rishgan. Quyida biz ham ushbu fotosuratlarni taqdim etamiz.

«Melburn — bu shunchaki binolar»

«Buyuk okean yo‘li ajoyib ekanini eshitgandim, biroq bu shunchaki tushunarsiz toshlar»

«Qulog‘i og‘ir hazilkashni do‘pposlamoqchi bo‘ldim»

«Brisbenda plyaj shahar chetida. Tentaklik»

«Hayvonot bog‘i haqidagi fikr meni ilhomlantirdi. Biroq Stiv Irvin o‘lgani ma'lum bo‘ldi»

«Koalalar ham doim uyquda»

«Kvinslenddagi mashhur kemani ko‘rishga bordim. U hattoki suza ham olmas ekan...»

«Menga tabiatdan bahra ol, deyishdi. Men esa hattoki akulalarni ham ko‘rmadim»

«Xullas, men u yerdan ketdim. Avstraliya bo‘lmag‘ur joy» 

Mavzuga oid
Top