12:31 / 03.02.2017
8621

Vupi Goldberg Tramp va tolibonlar o‘rtasida farq ko‘rmasligini aytdi

Amerikalik aktrisa va teleboshlovchi Vupi Goldberg AQSh prezidenti Donald Trampning qarorlari va «Tolibon» tashkiloti o‘rtasida farq ko‘rmayotgani haqida gapirdi. Bu haqda Fox News xabar qilgan.

«Bizda ayollarni bir necha marta kamsitgan, ayollar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga tahdid qilgan va OAVning ovozini bo‘g‘ishga harakat qilgan yetakchi. Bu bilan uning tolibonlardan farqi qoldimi?» — degan Goldberg.

Teleboshlovchi shuningdek, Trampni boshqa diniy konfessiyalar zarariga xristianlarga imtiyozlar berganlikda ayblagan.

Bundan oldinroq, Bella va Jiji Hadid Trampning muhojirlar haqidagi farmoniga qarshi namoyishlarga qo‘shilgani xabar qilingandi.

Top