13:50 / 03.02.2017
8525

Xiaomi Mi 5c flagmani byudjyet versiyasining surati paydo bo‘ldi

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi 5 s flagmanining byudjyet versiyasini ishlab chiqmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda yangi telefonning suratlari tarqaldi. Hi-Tech nashri shu haqida ma'lumot berdi. 

Xiaomi Mi 5c orqa panelida shisha ishlanmalari bo‘lgan metall korpusga ega bo‘ladi. Dizayn "to‘ng‘ich" flagman modellar - Mi 5 va Mi 5s'dan farq qiladi. Ekran 5,5 dyuymdan ortiq bo‘lmasligi ma'lum qilindi. 

Smartfon narxi noma'lum. Anons mart yoki aprel oyida bo‘lib o‘tadi. 

Yangi modelga xos bo‘lgan xususiyatlar:

Protsessor: Snapdragon 625 – 8 yadro Cortex-A53 2 GGts chastotasida;
Xotira: 3 Gb operativ va 64 Gb flesh-xotira;
Kamera: 12 Mp asosiy va 8 Mp frontal;
DT: Android - MIUI 8;
Akkumulyator: 3200 mAc.
 

Mavzuga oid
Top