08:19 / 04.02.2017
5560

AQSh hukumati Lockheed Martin bilan bitimdan 455 mln dollar tejab qoldi

Foto:Flickr/ US Air Force

AQSh hukumati Lockheed Martin kompaniyasidan 55 ta F-35 qiruvchi samolyotini 7,5 foizlik chegirma bilan xarid qildi, deb ma'lum qildi Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser.

"Kecha Lockheed Martin bilan 90 ta F-35 samolyoti sotib olish bo‘yicha ajoyib bitim tuzildi. Samolyotlardan 55 tasi AQSh harbiylari uchun xarid qilinib bo‘ldi", deb aytgan Spayser matbuot-anjumanda. 

Uning aytishicha, samolyotlar avvalgi narxidan 7,5 foizga arzonroq taqdim qilingan. Shu tariqa taqdim qilingan chegirma tufayli AQSh soliq to‘lovchilarining 455 mln dollari tejab qolingan. 

"Bu amerikalik soliq to‘lovchilar uchun prezident erishgan yana bir katta g‘alaba", deb aytgan Spayser.

Mavzuga oid
Top