22:00 / 04.02.2017
7092

«Liverpul» sensatsion ravishda «Hall»ga yutqazdi

APLning 24-turida kichik sensatsiya yuz berdi. Kingston-apon-Halldagi «Kingston Kommunikeyshn» stadionida «Hall Siti» «Liverpul»ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘lim oxirida Alfred N'Diayye «yo‘lbarslar»ni olg‘a boshladi. Bu vaziyatda Simon Minol juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygandi.

Ikkinchi bo‘lim oxirida esa Bayye Umar Niass darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Endilikda «Liverpul» 46 ochkosi bilan APL turnir jadvalining to‘rtinchi o‘rnida qoldi, «Hall» esa ochkolari sonini 20taga yetkazib, 19-pog‘onadan 18-pog‘onaga ko‘tarildi.

Hall – Liverpul 2:0
Gollar: 1:0 – 44 Ndiayye, 2:0 – 84 Nyasse.
Hall – Yakupovich, Ranokkiya, Maguayr, Robertson, Elabdellaui, Ndiayye, Evandro (Taymon, 62), Klukas, Xaddlstoun, Grositski (Meyler, 80), Ernandes (Nyasse, 65).
Liverpul – Minole, Milner (Moreno, 83), Matip, Klayn, Koutino, Lallana (Origi, 83), Firmino, Djan (Starridj, 67), Mane, Leyva, Xenderson.
Ogohlantirishlar: Maguayr (27), Milner (40), Taymon (74).

Mavzuga oid
Top