10:36 / 04.02.2017
14491

National Geographic’dan bolalar fotosurati: 14ta eng ajoyib ish

National Geographic nashri 6-14 yoshli bolalarning xalqaro fotosuratlar tanlovi g‘oliblarini e'lon qildi. Eng qizig‘i, bular havaskorlar tomonidan olingan suratlarga sira ham o‘xshamaydi – bolalar tomonidan tasvirga tushirilgan kadrlar haqiqatan ham juda katta iste'doddan darak beradi va ularda dunyoga o‘z mustaqil qarashlari borligini ko‘rsatadi. Tanlovda niderlandiyalik 11 yoshli Devi Baggerman g‘olib chiqdi – u Vashingtonga National Geographic ofisi bo‘ylab ekskursiyaga tashrif buyuradi.

Bosh sovrin va “Tadqiqotlar sari” yo‘nalishida g‘olib deb topilgan ish.

“Ajoyib jonivorlar” yo‘nalishidagi ikkinchi o‘rin. Jyennifer Jyey Evans Kolumbatis, 10 yoshli, Niderlandiya.

“Yovvoyi sarguzashtlar” yo‘nalishida AQSh bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Pirs Niklin, 12 yosh.

“Ajablanarli, lekin bu haqiqat” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Devananda Xardi, 7 yosh, Indoneziya.

“Ajablanarli, lekin bu haqiqat” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin. Pan Yinji, 13 yosh, Xitoy.

“Ajoyib jonivorlar” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. May Kastelik, 13 yosh, Sloveniya.

“Yovvoyi sarguzashtlar” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Rayan Xyuz, 13 yosh.

Sanya Jyeyn, 12 yosh, Hindiston. “Yovvoyi sarguzashtlar” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin.

“Ajoyib jonivorlar” yo‘nalishida AQSh bo‘yicha birinchi o‘rin. Devid Xopkins, 13 yosh.

“Ajoyib jonivorlar” yo‘nalishida AQSh bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Frey Yussef, 12 yosh.

“Tadqiqotlar sari” yo‘nalishida AQSh bo‘yicha birinchi o‘rin. Rayli Xarlan, 12 yosh.

“Tadqiqotlar sari” yo‘nalishida AQSh bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Aleksiya Say, 14 yosh.

AQShdan kelib tushgan fotosuratlar orasidagi bosh sovrin sohibi va “Ajablanarli, biroq bu haqiqat” yo‘nalishida birinchi o‘rin. Keyt Anderson, 12 yosh.

“Ajablanarli, biroq bu haqiqat” yo‘nalishida AQSh bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Jozefina Goldman, 13 yosh.

Top