14:02 / 04.02.2017
38800

Tojikistonda xotin-qizlar atlas ko‘ylaklarda yurishi belgilab qo‘yildi

Tojikiston fan va ta'lim vazirligi mamlakatdagi barcha o‘qituvchilar, o‘quvchi-talabalarni milliy liboslarga kiyintirishga ahd qildi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

Tegishli farmoyish mamlakatdagi barcha ta'lim maskanlariga yo‘naltirilgan, deyiladi xabarda. Hujjatga ko‘ra, 2017 yilning 1 martidan boshlab barcha ayol o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchi qizlar darslarga atlas hamda adras milliy matolaridan tikilgan liboslarda kelishlari aytib o‘tilgan.

Ushbu farmoyish tojik xalqining eng yaxshi an'analarini qayta tiklash va Navro‘zni munosib kutib olish maqsadida e'lon qilingani qo‘shimcha qilingan.

Top