15:57 / 05.02.2017
11780

Foto: Abu Zobida noqulay ob-havo tufayli attraksion to‘xtab qolib, unda 24 kishi qolib ketdi

BAA poytaxti Abu Zobi shahridagi Ferrari World xiyobonida «Amerika tog‘chalari» (“Roller coasters”) buzilib qolganidan keyin unda qolib ketgan 24 kishi qutqarildi. Bu haqda ushbu ko‘ngilochar maskan ma'muriyatiga asoslangan holda The National xabar tarqatdi.

BAAda ayni kunlarda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti, kuchli shamol tufayli attraksion balandlik chiqqach, to‘xtab qolgan. Bog‘ vakilining so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa himoya mexanizmi ishlab ketgan.

Hodisa o‘tgan yili ochilgan va eng yuqori «aylanma sirtmoq» hamda eng tez tushish bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatgan Flying Aces attraksionida ro‘y berdi. 

Qutqaruvchilar har bir mijozni qutqarish uchun o‘rtacha 3,5 daqiqa sarflashgan. Hodisa ro‘y bergan vaqtda hududda shamol tezligi soatiga 75 kilometrni tashkil qilmoqda edi.

Top