08:24 / 06.02.2017
5199

Kamerun Afrika millatlari kubogi g‘olibi bo‘ldi

Gabonda bo‘lib o‘tgan Afrika millatlari kubogi finalida Kamerun Misrni 2:1 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Misr terma jamoasi o‘yinchisi Muhammad Al-Nanni hisobni ochdi. Biroq kamerunliklar 2-bo‘limda o‘yinda tub o‘zgarish qilib, Nikolya N`Kuluning 59-daqiqadagi va Vensan Abubakarning 88-daqiqadagi gollari evaziga o‘yinni o‘z foydalariga hal qildilar.

Shu tariqa, Kamerun 2002 yildan beri birinchi marta ushbu musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Kamerun endilikda "Qora qit'a"ning eng nufuzli futbol musobaqasining 5 karra chempioniga (1984, 1988, 2000, 2002, 2017) aylandi. E'tiborlisi, keyingi Afrika millatlari kubogi aynan Kamerun mezbonligida o‘tadi.

Afrika millatlari kubogi. Final
Misr — Kamerun — 1:2

Gollar: Al-Nanni, 22 — 1:0, N'Kulu, 59 — 1:1, Abubakar, 88 — 1:2

Mavzuga oid
Top