19:34 / 06.02.2017
4365

Qirg‘iziston soliq xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Qirg‘iziston davlat soliq xizmatiga yangi rais tayinlandi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati axborot ta'minoti bo‘limi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, 6 fevralda Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov Davlat soliq xizmati (DSX) rahbari etib Oktyabr Abdikaimov tayinlangani haqidagi farmonni imzolagan. Abdikaimov avval DSX raisi o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Abdikaimov 1971 yil Bishkekda tug‘ilgan.

DXSning sobiq rahbari Zamirbek Osmonov yangi ishga o‘tgan. U Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati rahbari etib tayinlangan.

Mavzuga oid
Top