18:50 / 06.02.2017
15864

Kreml FoxNews telekanalini Putin haqidagi xunuk so‘zlar uchun uzr so‘rashga chaqirdi

Foto: © RIA Novosti

Amerikaning FoxNews telekanali boshlovchisi Bill O' Reyli prezident Donald Tramp bilan intervyu jarayonida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qotil deb atagani uchun uzr so‘rashi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

"FoxNews xodimining bunday so‘zlarini haqoratomuz va nojo‘ya so‘zlar deb hisoblaymiz. Biz telekompaniya prezidentga qarata bildirilgan bunday so‘zlar uchun uzr so‘rashi kerak deb bilamiz", degan Peskov.

U AQSh prezidentining intervyu vaqtidagi so‘zlarini izohsiz qoldirishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, O' Reyli Trampga bergan savolilaridan birida Putin bilan kelgusida qanday munosabat o‘rnatmoqchi ekanini so‘ragandi.

«Shunday deyaqolay: Rossiya bilan murosa qilmagandan ko‘ra, murosa qilgan yaxshiroq. Agar Rossiya bizga IShID bilan, butun dunyodagi terrorizm bilan kurashda yordam bersa, bu yaxshi bo‘ladi. U bilan chiqishib keta olamanmi? Mutlaqo bilmayman», — deb javob bergandi Tramp.

Shunda jurnalist G‘arb Moskva va Putinga tomon bildirgan ayblovlar haqida eslatdi. U Putinni qotil deb atadi.

"Qotillar ko‘p. Bizda ham qotillar bisyor. Sizningcha bizning davlat hech narsada aybdor emasmi?" — deya jurnalistning so‘zini kesgandi amerikaliklar rahbari.

U intervyu davomida Putinni hurmat qilishini tan olgandi.

Mavzuga oid
Top