23:55 / 06.02.2017
11590

OAV Al-Bobdagi IShID jangarilari qurshab olinganlarini ma'lum qildi

Suriya hukumat kuchlari IShID tomonidan ushlab turilgan Al-Bob shahridagi pozitsiyalarini mustahkamlab oldilar va jangarilarni deyarli ta'minot yo‘lidan mahrum qildilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya qo‘shinlari jangarilar Raqqa va Daur-az-Zordan yordam olib turgan yo‘l ustidan nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Shu tariqa, Al-Bobdagi jangarilar deyarli qurshovda qolganlar.

Ayni vaqtda hukumat qo‘shinlari Al-Bob tomon bostirib bormoqdalar.

Avvalroq Turkiya IShIDning Al-Bobdagi gubernatorini yo‘q qilgani ma'lum qilingandi.

Top