07:53 / 06.02.2017
4104

Hondurasda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi, ko‘plab qurbonlar bor

Foto: AP

Honduras poyxtati Tegusigalpa shahri yaqinidagi yo‘lda avtobus va avtosisternaning to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ma'muriyat vakillari ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press agentligi.

20ga yaqin inson turli darajadagi tan jarohatlarini oldi, ular poytaxt kasalxonalariga olib ketilgan.

Qutqaruv xizmati vakili Oskar Triminioning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni yanada oshishi mumkin, sababi bir necha yo‘lovchi metall bo‘laklari ostida qolmoqda.

Yuk mashinasi haydovchisi yo‘l-transport hodisasidan so‘ng voqea joyidan yashirindi. Mutaxassislar yuk mashinasi nima sababdan boshqaruvni yo‘qotganiga oydinlik kiritmoqchi.

Mavzuga oid
Top