15:41 / 06.02.2017
6809

Peskov: Ukraina va Rossiya o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘q

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina va Rossiya o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘qligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Endi Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat deb atalayotgan narsa xususida: Ukraina va Rossiya o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘q. Donbass – Ukrainadagi ichki ziddiyatdir», - deya aniqlik kiritdi Peskov.

Avvalroq Peskov Kreml Donbassga bo‘layotgan hujumlarni to‘xtatish uchun Kiyevga bosim o‘tkazishga chaqirayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Top