Pokistonning Karachi shahridagi Afg‘oniston konsulligida afg‘on diplomati otib o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Reuters politsiyadagi manbaga asosan.
Xabar qilinishicha, Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan konsullik qorovuli muassasaning uchinchi kotibi Zaki Aduni o‘zaro janjal oqibatida otib o‘ldirgan.
«Jinoyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum», - deyishgan politsiyada.
Qorovul ayni damda qo‘lga olindi, voqea joyi xavfsizlik xizmatlari xodimlari tomonidan o‘rab olingan.