08:53 / 06.02.2017
9018

Video: «Zenit» himoyachisi 55 metrdan gol urdi

Rossiyaning «Zenit» futbol klubi italiyalik himoyachisi Domeniko Krishito Daniyaning «Odense» jamoasi bilan kechgan uchrashuvda maydonning jamoasi joylashgan qismidan gol urdi. Video Sankt-Peterburg klubining YouTube-kanalida taqdim etildi.

Krishito 10-daqiqada belgilangan jarima to‘pini gol bilan yakunlab qo‘ydi.

Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida kecha bo‘lib o‘tgan bellashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Krishitoning to‘piga himoyachi Yakob Laursen 54-daqiqada javob qaytardi.

Top