21:50 / 07.02.2017
28973

Dayjyest: Toshkentdagi restoranda chiqqan yong‘in, o‘zbekistonlik harbiylarni tayyorlaydigan Qizil Xoch, taktikasi o‘zgargan IShID

7 fevral yakunida Kun.uz sayti kunning eng asosiy xabarlarini yana bir bor eslatib o‘tadi.

O‘zbekiston

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aksiyadorlik kompaniyasi 2017 yilning aprel oyida Toshkentdan Pokistonning Lahor shahriga reysni qayta yo‘lga qo‘yadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi.

Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan Grand Mir mehmonxonasi yonida joylashgan «Manas» restoranida yong‘in chiqdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in o‘chirilgan 

Aynan shu kuni Samarqanddagi Siyob bozorida 2 avtomobil yonib ketdi

Jahon

BMT bosh kotibi IShID harakatlar taktikasini o‘zgartirganidan ogohlantirdi

Suriya bo‘yicha navbatdagi uchrashuv qachon o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Oq uy ma'muriyati, OAVda yetarlicha yoritilmagan yoki umuman xabar qilinmagan qo‘poruvchiliklar ro‘yxatini e'lon qildi

Yaponiya bosh vaziri Rossiya bilan muammolarga «nuqta qo‘yish» istagini bildirdi.

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi oliy sud binosi yaqinida yuz bergan kuchli portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi.

Eron Islom Respublikasi diniy rahnamosi, Eron qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakat AQSh tomonidan tahdidlarga 1979 yilgi inqilobga 38 yil to‘ladigan 10 fevral kuni javob berilishini aytib o‘tdi.

Tramp Putin haqida yozdi

Kanadalik sudya olti nafar farzandining tanasini shkafda saqlagan ayolga ayblov qo‘ydi.

Texnologiya

Atigi 10 daqiqada zaryad oluvchi akkumulyator ishlab chiqildi

Samsung kompaniyasi ikkiga buklanuvchi smartfonga yangi patent oldi.

Citroen kompaniyasi C-Aircross ixcham krossoverini taqdim etdi.

Top