14:22 / 07.02.2017
16218

Xitoyda 16 yil muzlatib qo‘yilgan embriondan sog‘lom farzand dunyoga keldi

Xitoyning Guandun viloyatida istiqomat qiluvchi ayol 16 yil mobaynida kriokonservatsiya (muzlatilgan) holatida bo‘lgan embriondan sog‘lom chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) xabar qilmoqda.

46 yashar ayol fevral oyi boshida Guanchjou shahridagi Sun Yatsen universiteti klinikasida farzandini dunyoga keltirgan. O‘g‘il chaqaloq sog‘lom ekani ta'kidlanmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, bola 2000 yilda muzlatilgan homiladan dunyoga kelgan. Ayol 2016 yilda EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) jarayonidan o‘tkazilgan va homilador bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, ayolning 2000 yilda tug‘ilgan birinchi o‘g‘li ham EKU usulida dunyoga kelgan. 

Top