15:12 / 07.02.2017
6786

Xitoyning valyuta zaxiralari 2011 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi

Xitoy valyuta zaxiralari miqdori 12,3 milliard dollargacha kamayib, 2,998 trillion AQSh dollarini tashkil etdi. Xitoy xalq banki tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich yetti oydan beri tushib bormoqda hamda 2011 yilning fevralidan beri ilk bor 3 trilliondan kamga tushib ketgan.

Yanvar oxirida oltin zaxiralari pul nisbatida 3,39 milliard dollarga o‘sib, 71,29 milliard dollarni tashkil etdi.

Xitoy valyuta zaxiralari so‘nggi o‘n yil davomida mahalliy mahsulotlarning eksporti tufayli tinmay oshib bordi. 2014 yildan boshlab zaxiralar hajmi xorijda xitoy mahsulotlariga bo‘lgan talabning tushishi tufayli pasaya boshladi. Bunga, shuningdek, mamlakat iqtisodiyoti o‘sishining sekinlashishi va xalqaro moliya bozoridagi o‘zgarishlar sabab bo‘ldi.

2015 yilda Xitoy valyuta zaxiralari 513 milliard dollarga tushib ketgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 320 milliard dollarni tashkil qildi.

Mavzuga oid
Top