08:22 / 07.02.2017
5344

MBA besh karra chempioni shartli ravishda 3 yilga qamaldi

Foto: AP

Bir vaqtlar mashhur basketbolchi bo‘lgan Dennis Rodman yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqarishga uringani uchun jazolandi. Unga 3 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilingan va 30 soatga axloq tuzatish ishi tayinlangan. Bu haqda, Associated Press agentligi sobiq o‘yinchining advokati Pol Meyyerga tayangan holda xabar qilmoqda.

Avtomobil boshqarish qoidasini buzish, ajratib turuvchi chiziqni bosib o‘tish, qarama-qarshi yo‘lak bo‘yicha harakatlanish hamda politsiyaga yolg‘on ma'lumot berishda ayblangan Rodman barcha aybiga iqror bo‘lgan. Voqea joyidan qochish bo‘yicha ayblov undan olingan. 

Qayd etish joiz, 55 yoshli Rodman Kaliforniya shtati Orinj okrugi Oliy sud bo‘limi majlisida shaxsan ishtirok etmagan, balki advokati vositasida aybiga iqror bo‘lgan. 

Hodisa 2016 yil 20 iyulda Santa-Ana shahri shossesida ro‘y bergan. Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, Rodmanning yo‘ltanlamasi yarim tunda yo‘lning qarama-qarshi yo‘lagiga chiqqan va qarshidan kelayotgan avtomobil haydovchisini YTH sodir etmaslik uchun xavfli manyovrni bajarishga majbur qilgan. Advokatning qayd etishicha, voqea yo‘lning chiziqlari yaxshi ko‘rinmaydigan qismida yuz bergan. 

Rodman Milliy basketbol assotsiatsiyasida 2000 yilgacha faoliyat yuritgan, 2006 yilda sport bilan xayrlashgan. U «Detroyt», «San-Antonio», «Chikago», «Los-Anjyeles Leykers» va «Dallas» jamoalari sha'nini himoya qilgan. U ikki marta liganing eng yaxshi himoyachisi bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top