00:12 / 07.02.2017
6979

“Odnoklassniki” o‘z foydalanuvchilariga Firefox brauzerining maxsus talqinini taqdim etdi

“Odnoklassniki” va Mozilla desktop uchun Firefox brauzerining maxsus ko‘rinishini taqdim etishdi. Brauzer ijtimoiy tarmoqning asosiy funktsialaridan tez va qulay foydalanish imkonini beradi. Brauzerning sahifasidagi standart oynasi vidjyetlar va maxsus sahifalarga almashtirilgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Odnoklassniki”ning onlayn o‘yinlari vidjyetini, aloqa uchun esa akkaunt va sovg‘alar vidjyetlarini o‘rnatishlari mumkin. Brauzer sahifalarida “Odnoklassniki”ning ommabop bo‘limlariga havolalar qo‘shilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqqa kirgan foydalanuvchilar tezkorlik bilan, ya'ni tugmani bir bora bosish orqali kontent (ma'lumotlar) bilan bo‘lishishlari mumkin. 

 «Biz uchun foydalanuchilarning navigatsiyadan oson va qulay foydalanishini ta'minlash muximdir. Firefox brauzerining maxsus talqini tufayli “Odnoklassniki”ning eng muhim bo‘limlari doimo foydalanuvchilar qo‘l ostida bo‘ladi», dedi “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i matbuot xizmati rahbari  Anastasiya Jbanova.

Syuzan Chen, Mozilla kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti:

«Biz Firefox brauzerining maxsus talqinini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan xursandmiz. Endi ijtimoiy tarmoqning asosiy funksiyalaridan yanada qulayroq va tezkorroq foydalanish mumkin bo‘ladi».

Mavzuga oid
Top