10:03 / 07.02.2017
7200

Seul nima sabab Pxenyanning fitna qilishidan xavotirlanmoqda

Janubiy Koreya davlat rahbari v.b. bosh vazir Xvan Ge Anning bayonot berishicha, Seul Pxenyanning «strategik fitnalar»idan xavotirlanmoqda. Bunga sabab sifatida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning otasi, mamlakatning sobiq rahbari Kim Chen Ir tavallud kuni nishonlanishi ko‘rsatilmoqda, deb xabar qilgan Yonxap agentligi. 

«16 fevralda Kim Chen Ir tavalludiga 75 yil to‘lishi munosabati bilan strategik fitna ehtimoli har qachongidan ham yuqori», — deya bayonot bergan Ge An.

Janubiy Koreyaning yuqori lavozimli mulozimining so‘zlariga ko‘ra, KXDR rahbari shunday buyruq bersa, fitna yuz berishi mumkin. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Shimoliy Koreya tomonidan harbiy g‘alamisliklar borasida aniq harakatlar ko‘zga tashlanayotgani yo‘q. 

Mavzuga oid
Top